

Toshkent Viloyati Raqamli Transformatsiya Markaziga Aylanmoqda
Cyber University atrofida O‘zbekistonning eng zamonaviy ilmiy-amaliy klasteri qurilmoqda.

Bu loyiha Toshkent viloyatini raqamli innovatsiyalar markaziga aylantirib, mamlakatimizning texnologik rivojlanishiga katta hissa qo'shadi.
.jpg%3F2025-12-12T10%3A06%3A13.239Z&w=3840&q=100)
2025-yil 20-yanvardagi Prezident qaroriga asosan tashkil etilgan Cyber Universityning asosiy yo‘nalishi – kiberxavfsizlik bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash. Endi esa universitetga qo‘shimcha hudud ajratilib, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev rahbarligida ulkan klaster loyihasini amalga oshirilmoqdalar.
Xo'sh Klaster tarkibiga nimalar kiradi?
Kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va kosmik tadqiqotlar yo‘nalishidagi zamonaviy R&D markazlari
Innovatsion ishlab chiqarish zonasi
IT Parkning Toshkent viloyati filiali
Yoshlar uchun AT-mahorat markazlari
Ilmiy xodimlar va xorijiy mutaxassislar uchun zamonaviy uy-joylar
Ijtimoiy infratuzilma: ixtisoslashtirilgan maktab, bolalar bog‘chasi, sport majmuasi va eko-bog‘

Ushbu loyiha ilmiy tadqiqot, talaba tayyorgarligi va real ishlab chiqarishni bir joyda birlashtiradi. Natijada minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi, investitsiyalar jalb qilinadi va O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotda yanada kuchli o‘rin egallaydi.
Cyber University – bu nafaqat ta’lim maskani, balki mamlakatimizning raqamli kelajagini quruvchi markaz.
