

uchrashuv davomida delegatsiya kompaniyaning SOC va SIEM tizimlari, tahdidlarni tahlil qilish texnologiyalari hamda kiberhimoyani avtomatlashtirishga qaratilgan yechimlari bilan tanishdi. “IGLOO Corporation” davlat va xususiy sektor uchun 24/7 monitoring xizmatlarini ko‘rsatib, raqamli xavfsizlik bo‘yicha yetakchi tajribaga ega kompaniya hisoblanadi.

Tomonlar o‘quv va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
.jpg%3F2025-12-05T14%3A29%3A36.997Z&w=3840&q=100)
Mazkur uchrashuv “Cyber University”ning xalqaro aloqalarini mustahkamlash, “Universitet – Industriya” hamkorligini rivojlantirish hamda talabalarni amaliyotga yo‘naltirish jarayonlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.
IGLOO Corporation haqida:
1999-yilda tashkil etilgan, 1000+ xodimga ega, 118+ patent sohibi bo‘lgan, “SPiDER TM” xavfsizlik yechimlari bilan mashhur Janubiy Koreyaning yetakchi kiberxavfsizlik kompaniyasidir.
© Kiberxavfsizlik bo‘yicha yangi hamkorlik — yangi imkoniyatlar!