

Seul shahrida o‘tkazilgan “2025 Global AI Talent & Education Forum (GATE)” va Koreya–O‘zbekiston universitetlari rektorlarining 2-Forumida “Cyber University” delegatsiyasi faol qatnashdi.
.jpg%3F2025-12-05T14%3A09%3A50.880Z&w=3840&q=100)
Universitetimiz rektori forumning asosiy sessiyalarida ma’ruza qilib, “Cyber University”ning kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va raqamli ta’lim yo‘nalishlaridagi strategik maqsadlarini, xususan:

➡️kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash;
➡️zamonaviy AI laboratoriyalari tashkil etish;
➡️xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy-tadqiqot loyihalarini rivojlantirish yo‘nalishlarini keng yoritdi.
.jpg%3F2025-12-05T14%3A12%3A53.145Z&w=3840&q=100)
Ikki forumda jami 30 dan ortiq Koreya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtrok etdi. Muhokamalar qo‘shma akademik dasturlar, ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt platformalaridan foydalanish, ilmiy tadqiqotlar va talaba-professor almashinuvi yo‘nalishlarida olib borildi.
➡️Eng muhim natija – aniq kelishuv!
➡️Forum doirasida “Cyber University” va Koreya Respublikasining Chungwoon University (Hongseong va Incheon kampuslari) o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.
✅Memorandumda quyidagilar ko‘zda tutilgan:
➡️qo‘shma akademik loyihalar va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;
➡️ilmiy konferensiya va seminarlar tashkil etish;
➡️professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi;
➡️ta’lim, ilm-fan va madaniy sohalarda uzoq muddatli hamkorlik.
Ushbu tashrif va imzolangan Memorandum “Cyber University”ning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirdi hamda Koreyaning yetakchi universitetlari bilan strategik sheriklik uchun mustahkam zamin yaratdi. Bu hamkorlik O‘zbekistonda kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt sohasida jahon darajasidagi mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.
.jpg%3F2025-12-05T14%3A14%3A10.312Z&w=3840&q=100)