

Juda muhim yangilik ayni daqiqalarda “Cyber University” rektori va Janubiy Koreyaning nufuzli “Mondrian AI Co., Ltd.” kompaniyasi direktori Hun Jon (Hoon Jung) o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bir so‘z bilan aytganda – O‘zbekistonning eng yosh davlat universiteti endi sun’iy intellekt bo‘yicha jahon darajasidagi kompaniya bilan bir stol atrofida.

“Mondrian AI” – 2018-yilda tashkil topgan, bosh ofisi Incheonda joylashgan, Smart City, Smart Factory va tibbiy analitika kabi sohalarda yetakchi o‘rinni egallagan kompaniya. Uning mahsuloti – dunyoda tan olingan “Yennefer” platformasi bo‘lib, u MLOps va Data Science jarayonlarini bir joyga jamlagan kompleks tizimdir.
Uchrashuvda tomonlar faqat salomlashib qo‘ya qolishmadi. Universitet rahbariyati kiberxavfsizlik, AI, raqamli iqtisodiyot va zamonaviy muhandislik yo‘nalishlarida yangi avlod mutaxassislar tayyorlayotganini, ayni paytda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini kuchaytirish uchun jiddiy infratuzilma yaratayotganini ta’kidladi. Koreyalik hamkor esa “bizning texnologiyamiz sizning talabangiz qo‘lida jonlanishi kerak” degan fikrni bildirdi.
Natija – Anglashuv memorandumi imzolandi.
🎲Bu hujjat ortida oddiy qog‘oz emas, balki aniq rejalar turibdi:
➡️Koreya mutaxassislaridan muntazam master-klasslar va malaka oshirish kurslari
➡️Talabalar uchun “Mondrian AI”ning real loyihalarida stajirovka
➡️“Yennefer” platformasini universitet o‘quv jarayoniga to‘liq integratsiya qilish
➡️Smart City va tibbiy AI bo‘yicha qo‘shma ilmiy loyihalar
Bir so‘z bilan aytganda, endi “Cyber University” bitiruvchilari diplom bilan birga xalqaro kompaniyada ishlagan tajribaga ham ega bo‘lib chiqadi. Bu – O‘zbekiston oliy ta’limi uchun yangi davrning boshlanishi.
Koreyaning eng ilg‘or AI kompaniyasi bilan hamkorlik – bu nafaqat universitet uchun, balki butun mamlakatimiz raqamli iqtisodiyoti uchun katta yutuq. Yo‘l ochiq – endi faqat oldinga!